Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 20-xalqaro anjumanda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

YEXHT Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha  maxsus vakil va muvofiqlashtiruvchi idorasi tomonidan “Jazosizlikning oldini olish: Odam savdosiga qarshi samarali sud jarayoni orqali adolatni tiklash” mavzusida bo’lib o’tgan anjuman davomida ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qisqa vaqt ichida milliy qonunchilik takomillashtirildi, aholi o’rtasida profilaktika choralari, shuningdek, odam savdosi qurbonlariga har tomonlama yordam berish bo’yicha yangi ish yo’nalishlari joriy qilindi.

Davlat idoralari bilan bir qatorda odam savdosiga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlari ham ishtirok etmoqda, xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Shu bilan birga, mavjud muammolarni hal qilish yo’llari, davlat va huquqni muhofaza qilish organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ayniqsa ayollar va yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish to’g’risida fikr almashildi.