23 Июль
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 20-xalqaro anjumanda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi
YEXHT Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakil va muvofiqlashtiruvchi idorasi tomonidan “Jazosizlikning oldini olish: Odam savdosiga qarshi samarali sud jarayoni orqali adolatni tiklash” mavzusida bo’lib o’tgan anjuman davomida ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
⠀
Qisqa vaqt ichida milliy qonunchilik takomillashtirildi, aholi o’rtasida profilaktika choralari, shuningdek, odam savdosi qurbonlariga har tomonlama yordam berish bo’yicha yangi ish yo’nalishlari joriy qilindi.
⠀
Davlat idoralari bilan bir qatorda odam savdosiga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlari ham ishtirok etmoqda, xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yildi.
⠀
Shu bilan birga, mavjud muammolarni hal qilish yo’llari, davlat va huquqni muhofaza qilish organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ayniqsa ayollar va yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish to’g’risida fikr almashildi.