Migratsiya muammolari, odam savdosini yo’q qilish.

Migratsiya muammolari, odam savdosini yo’q qilish – Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMТ) Bosh kotibi bilan suhbatning asosiy mavzusiga aylandi.

XMT Bosh kotibi Antonio Vitorino respublikada horijdagi mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ma’qulladi.

Ushbu yo’nalishdagi ishlar endigina boshlanganini hisobga olib, XMT va tegishli vazirliklar o’rtasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish to’g’risida kelishuvga erishildi. Ular mahalliy diasporalar bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirishga, odam savdosiga qarshi kurash, migrant bolalarni himoya qilish va transport infratuzilmasini yaxshilash bo’yicha ishlarni takomillashtirishga qaratilgan.