Munosib mehnat orqali barqaror rivojlanish sari

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi va Xalqaro mehnat tashkiloti boshchiligida xalqaro tashkilotlar vakillari bilan O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash, barqaror va munosib ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan milliy bandlik dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Unda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.