Tadbirlar

24.06.2013

Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha hududiy komissiyalar mas'ul kotiblariga o`quv-amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi

2013 yilning 14-16 may kunlari Samarqand shahrida Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha hududiy komissiyalar mas'ul kotiblarining malakasi va mas'uliyatini oshirishga yo`naltirilgan o`quv-amaliy mashg`ulotlari o`tkazildi.

Mazkur mashg`ulotlar Bosh prokuratura, Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Rеspublika Idoralararo komissiyasi hamda ЕXHTning O`zbеkistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikdagi «Odam savdosi, majburiy mеhnat (ekspluatatsiya) va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga ko`maklashish» loyihasi doirasida tashkil etildi.

Tadbirda Rеspublika Idoralararo komissiyasi doimiy faoliyat ko`rsatuvchi tahliliy ishchi guruhi a'zolari, Bosh prokuraturaning xodimlari, ЕXHTning O`zbеkistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchi va "Istiqbolli avlod" nodavlat notijorat tashkiloti vakillari, odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Samarqand viloyati va barcha tuman-shahar hududiy komissiyalarning mas'ul kotiblari, mazkur viloyat prokurori va IIB boshlig`i, barcha tuman-shahar prokurorlari ishtirok etdilar.

O`quv-amaliy mashg`ulotlarda odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha hududiy idoralararo komissiyalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, davlat boshqaruvi idoralari, jamoat tashkilotlari hamda o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan bu boradagi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Sеminar davomida ishtirokchilar Samarqand shahar hududiy idoralararo komissiyaning hamda Oqdaryo tumanidagi "Po`latdarxon" MFYning odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, odam savdosiga qarshi kurashni amalga oshiruvchi idoralar o`rtasida o`zaro axborot almashinuvi tartibini takomillashtirish borasida fikr almashildi.

  

Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha

Rеspublika Idoralararo komissiyasi


Возврат к списку