Tadbirlar

02.05.2014

PRESS-RELIZ

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika Idoralararo komissiyasining navbatdagi yigilishi bo`lib o`tdi.

Yigilishda odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika Idoralararo komissiyasi hamda uning doimiy faoliyat ko`rsatuvchi tahliliy ishchi guruhi a'zolari, Bosh prokuraturaning xodimlari, Fargona va Navoiy viloyatlari hokimlari, prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliglari ishtirok etdilar.

Majlisda ushbu viloyatlarda odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan qonunchilik ijrosi yuzasidan o`tkazilgan monitoring natijalari muhokama etildi.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Fargona va Navoiy viloyatlari hududiy idoralararo komissiyalari, mazkur hududlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari, davlat boshqaruvi  idoralari, jamoatchilik tashkilotlari hamda o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan bu boradagi qonunchilik ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

Jumladan, odam savdosi bilan bogliq jinoyatlarning oldini olish, uning ogir oqibatlari haqida aholini xabardor etish maqsadida targibot tadbirlari o`tkazib kelingan.

Bu maqsadda chegara hududlarda va jamoat joylarida odam savdosi jinoyatlaridan ogoh etuvchi ko`rgazmali targibot va tashviqot vositalarini o`rnatish hamda tarqatishga alohida e'tibor berilgan.

Amalga oshirilgan ishlar o`z samarasini berib, so`nggi yillarda ushbu hududlarda odam savdosi jinoyatlarining kamayishi kuzatilgan.

Shu bilan birga, Fargona va Navoiy viloyatlaridagi ayrim tuman va shahar komissiyalari faoliyati yetarli samara bermaganligi, odam savdosi jinoyatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi tanqid ostiga olindi.

Tadbirda joylarda hududiy idoralararo komissiyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi idoralari, jamoat  hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bu boradagi faoliyatini yanada jadallashtirishlari, o`zaro hamkorlikni kuchaytirishlari lozimligi ta'kidlandi.

Yigilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf  etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yigilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ushbu yo`nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilinib, ijro uchun tegishli idoralarga  yuborildi. 

 

Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha

Respublika Idoralararo komissiyasi


Возврат к списку