Matbuot markazi

RSS

09.03.2016
ODAM SAVDOSI - DAVR MUAMMOSI

O’zbekiston Respublyakasi IIV JQ va TQKBB tashabbusi bilan Toshkent davlat pedagogika universitetida «Odam savdosi va noqonuniy migratsiya» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda bosh boshqarma, Toshkent shahar IIBB HOOB mas’ul xodimlari, «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

19.10.2015
MUTAXASSISLAR TALABALAR HUZURIDA

Bugungi globallashuv jarayonida odam savdosi jinoyati umumbashariy muammoga aylandi. Ayni paytda ushbu mudhish jinoyatdan jabrlanganlarning sakson foizdan ortigʻini xotin-qizlar va bolalar tashkil etayotgani unga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlab turibdi.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti talabalari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi tadbir aynan shu mavzuga bagʻishlandi. IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi  tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir «Odam savdosi va noqonuniy migrastiya» deb nomlandi.

15.10.2015
ODAM SAVDOSI VA NOQONUNIY MIGRATSIYA
Oʻzbekiston Respublyakasi IIV JQ va TQKBB tashabbusi bilan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani «Nodirabegim» nomli mahallasida «Odam savdosi va noqonuniy migratsiya» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

05.10.2015
ODAM SAVDOSI - DAVR MUAMMOSI

O`zbekiston Respublyakasi IIV JQ va TQKBB tashabbusi bilan 1-Toshkent pedagogika kollejida "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusida davra suhbati bulib utdi. Unda bosh boshqarma mas'ul xodimlari, Respublika ma'naviyat targ`ibot markazi, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi, "Oila" ilmiy-amaliy markazi, "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

07.07.2015
Osoyishta turmushga tahdid
Insoniyat tarixi urushlar, turli ofatlarning tahlikali tahdidlarini kechib o‘tib taraqqiyotning globallashuv davrida yanada yuksak cho‘qqilarda turibdi. Bir narsa ayon, bashariyat o‘z o‘tmishida neki talofat ko‘rgan yoki rivojlanish, tamaddun dovonlaridan oshgan bo‘lsa, bu barcha voqeliklarda insoniyat turli qatlamlarining xohish-irodasi, maqsadi, manfaati namoyon bo‘lib kelgan.

07.07.2015
Aldanib aziyat chekmang!
Bugungi kunda odam savdosi dunyo halqlarini tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biri hisoblanmoqda. Bu jinoyat hech qanday hudud va chegara tanlamaydi. Shu sababli, unga qarshi samarali kurash olib borishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Qolaversa, O‘zbekiston inson huquqlari himoyasi borasida ko‘plab halqaro hujjatlarga qo‘shilgan va BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan halqaro shartnomalar ishtirokchisiga aylangan.

07.07.2015
Noshukurlik boriga qanoat qilmaslik muammoga duchor qiladi
Ma’lumki, Yurtboshimizning “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 5 noyabrdagi “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Insoniylik tamoyillarini aks ettirgan ushbu qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida va uning tashqarisida ham fuqarolarini huquqiy himoya qiladi va ularga homiylik qilishni kafolatlaydi, degan qoida mujassam.

07.07.2015
Aldanib qolmang, ogoh bo‘ling!...

Ma’lumki, XXI asrni yuksak texnik va texnologiyalar hamda rivojlangan taraqqiyot, shuningdek, inson huquqlari asri sifatida e’tirof etish mumkin. Avvalo, jamiyatning taraqqiy etishi va rivojlanishida insonning o‘rni qanchalik zarur ekanligi hech birimizga sir emas.

07.07.2015
Ogohlik va hushyorlik davr talabi!
            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan “Yoshlar va qonun” hamda xorijda ishlashning qonuniy asoslari va odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Odam savdosi davr muammosi” targ‘ibot loyihasi doirasida Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Pedagogika kollejida seminar o‘tkazildi.

07.07.2015
Qulchilikning zamonaviy ko‘rinishi undan barcha ogoh bo‘lmog‘i darkor
BUTUN dunyoda avj olib borayotgan va jahon hamjamiyatini birdek tashvishga solayotgan odam savdosi allaqachonlar “qora biznes”ning serdaromad turiga aylanib ulgurgan. Bugungi kunda bu jinoyat turi insonlarni kamsitish, ularning haq-huquqlarini tan olmaslik, insoniy huquq va erkinliklarini poymol qilgan holda turli g‘arazli maqsadlarda ishlatish, qul sifatida majburlash, sotib yuborish, ayollardan fohishabozlikda foydalanish kabi ko‘plab boshqa shakllarda namoyon  bo‘lmoqda.

07.07.2015
O‘z yurtingdan ayrilma!
Daraxt bir joyda ko‘karadi deydi dono xalqimiz.Bu gapda ulkan ma’no bor. Inson tug‘ilib kamolga yetib, hayot atalmish bebeho nematlarning quvonchu shodligidan bahramand yashamog‘i uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan zaminga qanchalik sadoqatli ekaniga bog‘liq. Zero har bir odamni faqatgina o‘z davlati, o‘z vatani asraydi, himoya qiladi orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarib, ulkan imkoniyatlar beradi.

07.07.2015
Dunyo — qullikka qarshi biroq hamon bu jinoyat sodir bo‘lmoqda
GLOBAL xavf-xatarlar haqida so‘z borganida dinlararo, millatlararo nizolar va to‘qnashuvlarni, kiberterrorizm, noqonuniy qurol-yarog‘ va narkotiklar savdosi, odam savdosi kabi tahdidlarni tilga olmaslik mumkin emas. Ayniqsa, odam savdosi muammosi jahon miqyosidagi eng og‘riqli muammolardan biriga aylanib qolgani hech kimga sir emas. Chunki qullikning zamonaviy ko‘rinishi keyingi yillarda tobora avj olmoqda.

07.07.2015
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасида одам савдосига қарши курашиш бўйича Республика Идоралараро комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.

07.07.2015
Пресс-релиз
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасида одам савдосига қарши курашиш бўйича Республика Идоралараро комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.

25.03.2015
ПРЕСС-РЕЛИЗ
В Генеральной прокуратуре Республики Узбекистан состоялось очередное заседание Республиканской Межведомственной комиссии по противодействию торговле людьми.
На заседании приняли участие члены Республиканской Межведомственной комиссии по противодействию торговле людьми и постоянно действующей аналитической рабочей группы, сотрудники Генеральной прокуратуры, Председатель Совета министров, министр внутренних дел и прокурор Республики Каракалпакстан, хоким, прокурор и начальник управления внутренних дел Сырдарьинской области.

29.09.2014
JINOYАT JAZOSIZ QOLMAYDI!

O‘zbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari bo‘lib, ularni ta’minlash Konstitutsiya bilan kafolatlanadi.

Ushbu kafolatlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan bugungi kunda asr muammolaridan biriga aylangan odam savdosi va unga qarshi kurashning huquqiy asoslari belgilandi.

02.05.2014
ODAM SAVDOSI — HAYОT G‘AVG‘OSI

Bugun odam savdosi xalqaro miqyosdagi global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Mutaxassislarning aytishlaricha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan uch million nafarga yaqin inson ana shu muammoning ta’siriga tushib qolmoqda. Eng achinarlisi, ularning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil etadi.

11.04.2014
TRANSMILLIY JINOYАT

Bugungi kunda odam savdosi dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biri hisoblanmoqda. Bu jinoyat hech qanday hudud va chegara tanlamaydi. Shu sababli, unga qarshi samarali kurash olib borishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Qolaversa, O‘zbekiston inson huquqlari himoyasi borasida ko‘plab xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan va BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan xalqaro shartnomalar ishtirokchisiga aylangan.

07.08.2013
Odam savdosi – transmilliy jinoyat

Odam savdosi insoniyat tsivilizatsiyasiga, jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli uyushgan jinoyatchilik, xususan, xalqaro terrorizm, norkobiznes, qurol – yarog‘larni noqonuniy sotish bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlar qatorida odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi qurash bugun xalqaro darajada dolzarb muammo bo‘lib turibdi.

07.08.2013
Ayol va bola huquqlari e’tiborda

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ayol va bola huquqlari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat, tuman va shahar Xotin-qizlar qo‘mitalarining raislari, Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va boshqa bir qancha tashkilotlarning mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.


Новости 1 - 20 из 28
Начало | Пред. | 1 2 | След. | Конец Все