Matbuot markazi

09.03.2016

ODAM SAVDOSI - DAVR MUAMMOSI

O’zbekiston Respublyakasi IIV JQ va TQKBB tashabbusi bilan Toshkent davlat pedagogika universitetida «Odam savdosi va noqonuniy migratsiya» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda bosh boshqarma, Toshkent shahar IIBB HOOB mas’ul xodimlari, «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni universitet prorektori O.Quyisinov ochib, ishtirokchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirar ekan, odam savdosi, uning ayanchli oqibatlaridan yoshlarni ogoh etish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etishini ta’kidladi, IIV JQ va TQKBB tezkor vakili, podpolkovnik U. Tuymaboyev esa bugungi kunda giyohvandlik, diniy ekstremizm, terrorizm kabi transmilliy jinoyatlar qatorida odam savdosi ҳam butun dunyo muammosiga aylanganini qayd etdi. Shuningdek, inson huquqlarini poymol qiluvchi bu jinoyatga qarshi kurashish bo’yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga alohida to’xtaldi.

Shundan so’ng bosh boshqarma tezkor vakili, kapitan E.Abdusaidov, «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi mutaxassisi Sh. Qosimova va boshqalar so’zga chiqib, mavzu yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar qilishdi.

Davra suhbatida o’quvchi-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Tadbir so’ngida odam savdosining ayanchli oqibatlari aks ettirilgan hujjatli film namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar Toshkent farmatsevtika, Toshkent moliya institularida, Turin politexnika instituti qoshidagi akademik litseyda, Toshkent shahar XTBga qarashli 202-sonli, 299-sonli  umumta’lim maktablarida o’tkazildi.

 

O’zbekiston Respublikasi IIV JQvaTQKBB 


Возврат к списку