Odam savdosi davr muammosi

Yaqinda tuman hokimligi yig’ingohida “Odam savdosi davr muammosi” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tumandagi barcha korhona tashkilotlarning rahbarlari, MFY raislari, maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari  bo’yicha derektor o’rinbosarlari va ommaviy – axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish kommissyasi raisi tuman kengashi deputati tuman hokimi B.Bafoyev va odam savdosi masalalari bo’yicha hokim o’rin bosari tuman IIB boshlig’i Podpolkovnik  A. Jalilovlar ochib berishdi.

Shundan so’ng ma’ruza uchun so’z Viloyat II Bo’limining  Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo’limi tezkor vakillari, Suxrob Barnoyev va Suxrob Sayfullayevlarga berildi ular ma’ruzalarida Odam savdosi insonni hayoti, erkinligi va xuquqlaridan mahrum qilib, birovlarning  qo’lida qul bo’lib ishlashga mahkum etish, ularning erki taqdiri va kelajagi jirkanj jamiyat ekanligini tushuntirib o’tdi.


 

Bu savdoning domiga tushib qolayotgan fuqarolar orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yurgan yoshlar, balog’atga yetmaganlar va ayollarning tushib qolayotgani g’oyat achinarligi haqida gapirib o’tdi.

 

Bir olam orzu niyatlarni dillariga jo etgan yoshlarga qarata shunday demoqchimiz: “Xorijga ishga boramandeb odam savdosi degan baloning domiga tushmang!  Doimo hushyor va ogoh bo’ling!” dedi mutaxasislar.

Tadbir oxirida “Yulduzlikning orzu qilgan yuzsizlar” mavzusidagi video rolik yig’ilish qatnashchilariga namoish qilindi.

Shundan so’ng  tadbir mavzu yuzasidan savol-javoblar asosida qiziqarli o’tdi.